“Yashil makon”: Boysun tumani misolida

Date:

Atrofimizda yashil hududlar kengaysa, yashil qalqonlar shakllantirilsa, bundan faqat va faqat foyda ko‘ramiz, rohatlanamiz. Demakki, yurtimizda keng quloch yoygan “Yashil makon” umummilliy loyihasi nafaqat bugunimizga, balki yaqin va uzoq kelajagimizga daxldor hayotiy harakatdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan hududlarda “Yashil makon”larni barpo etish, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi kuyunchaklik ila so‘zlab, el-u xalqni faollikka chorlaganlarining boisi ham shundan. Chorlovga “labbay” deya javob qaytargan xalqimiz bugun yengni shimarib, ishga kirishgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Boysun tumanida ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tumandagi “Munchoq” mahallasiga qarashli “Panjob” uchastkasida yosh- katta — ko‘ngillilar ishtirokida o‘n ming tup tut ko‘chatlari ekildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Doʻstlik va hamjihatlik qadri ulugʻlandi

Millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik jamiyat barqarorligi hamda...

O‘zbekiston haqidagi xolis nigoh

O‘zbekistonning boy tarixi, ma’naviy merosi va bugungi taraqqiyotini xalqaro...

Janubda “Shukronalik darslari” o’tkazildi

Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz, Kakaydi va Hayrabod...

Deputat tashabbusi

Oltinsoy tumanining “Yangiqurilish” mahallasi aholisi tomonidan toza ichimlik suvi...
KunTun
KunTun