G‘oliblik uchun bellashib…

Date:

Sportning og‘ir atletika turi deyishimiz bilan og‘ir toshlarni ko‘tarayotgan shtangist ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Albatta, bu ish oson emas, kishidan mahorat va chapdastlik talab etadi. Og‘ir toshlar shunchaki ko‘tarilmaydi, balki bir siltab, mohirlik bilan ko‘tariladi.
Termiz shahridagi “Surxon” sport majmuasida 2007-yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘smirlar va qizlar o‘rtasida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha “Termiz shahar hokimi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan musobaqada 150 nafardan ortiq yosh og‘ir atletikachilar g‘oliblik uchun bellashib, o‘z mahoratlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazishdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar medal, diplom va Termiz shahar hokimligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sho‘rchining “o‘sish nuqta”lari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF–243 Farmoniga muvofiq, Sho‘rchi...

Cheklovlarga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molchilarini tarmoqlardan ajratish...

“Burch, jasorat va matonat”

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Sariosiyo...

“Boysun bahori”: milliy merosga boy sayohat

Erta tongdan Boysun tumanida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali...
KunTun
KunTun