Mehnati kam, daromadi ko‘p…

Date:

Ayni qish kunlarida dimog‘ingizga qulupnay hidi urilsa bormi, ishtahangiz ochilib, ularni izlashga tutinishingiz va paqqoz tushirishingiz aniq. Qulupnaylarning bozordagi narxi-da sizni qiziqtirmay, organizmingiz uchun konu foyda bo‘lgan ushbu mevalardan o‘zingizni mosuvo qilgingiz kelmaydi. Asalni ham ozi shirin deganlaridek, ajib yer tutlarining ozrog‘i bilan qanoat qilganingiz ma’qul, aks holda allergiya qo‘zg‘aydigan xususiyati bezovta qilishi ham bor gap.
Mazali qulupnaylarni hush ko‘ramizu, aslo uni yetishtirish, mehnati haqida o‘ylab ko‘rmaymiz. Sho‘rchi tumanidagi “Saurtepa” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar orasida ko‘pchilik issiqxonasida qulupnay yetishtirish bilan mashg‘ul. Qulupnaychilikning hadisini olganlar yilda bir necha bor mo‘may daromad olishmoqda.
Ulardan biri Baxtiyor G‘ulomov bo‘lib, u tomorqasining 5 sotixiga issiqxona tashkil etib, qulupnay yetishtirmoqda. Avvaliga pomidor-bodring ekib, hosil olib yurgan Baxtiyor aka qulupnaychilikda ham o‘zini sinab ko‘rdi. Yer tutining eng serdaromad ko‘chatlarini ekdi. Qarasa, mehnati kam, daromadi esa ko‘proq. Bir marta eksa, uch yilgacha hosil olish mumkinligi Baxtiyor akani quvontirdi. Hozir har besh kunda 9-10 kilogramm hosilni yig‘ib, bozorga olib chiqib, yaxshigina daromad ko‘rayotganidan mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun