Ishtirok munosib baholandi

Date:

Yoshlar yetakchisi mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashabbus ko‘rsatadi. Turli loyihalar ishlab chiqadi, yigit-qizlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda barchani jalb etishga harakat qiladi. Yetakchi boshqalarni o‘ziga ergashtira oladigan, lider bo‘la olishi kerak.
Shu bilan birga o‘z ustida ishlab, yangicha uslubda ishlab, o‘zini ko‘rsata olishi bilan ibrat va namuna bo‘ladigan yoshlar yetakchilari ham yo‘q emas. Ularning faoliyati, amalga oshirgan ishlari esa atrofdagilarga ibrat va namuna bo‘lmoqda. Sariosiyo tumani “Billur” mahallasi yoshlar yetakchisi Dilmurod Sattorov ham ana shunday yetakchilardan. U O‘zbekiston va Germaniya davlatlari orasida o‘tkazilgan “Ilm-fan yetakchisi” ko‘rik-tanlovida ishtirok etib, o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. Quvonarlisi, ishtirok munosib baholandi va Dilmurod g‘olib deb topildi hamda “Ilm-fan yetakchisi” medali bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun