Respublika kuchli o‘nligi safida…

Date:

O‘qituvchi lider, tashabbuskor bo‘lsa, boshqalarni o‘ziga ergashtira olsa, demak bunday pedagoglar yoshlar taqdiriga befarq emas va ulardan ko‘p narsalarni kutish mumkin. Vohamizda ana shunday jonkuyar, fidoyi kadrlar ko‘plab topiladi. Bo‘lib o‘tadigan tanlov va tadbirlar esa ularni kashf etishga, jamiyatda ana shunday insonlar borligini eslatib qo‘ygandek bo‘ladi. Poytaxtimizda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘qituvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Lider o‘qituvchilar” hamda o‘quvchilar o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasi ham ayni maqsadga xizmat qildi.
Ushbu tanlovlarda surxondaryolik o‘qituvchi va o‘quvchilar ham faol ishtirok etdi. Bilim va salohiyatlar, dunyoqarashlar sinovi beiz ketmadi, Termiz shahridagi Prezident maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Sadriddin Xolmatov hamda Denov tumanidagi 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Davron Yusupovlarning bilim va malakalari yuqori baholanib, ular kimyo fani bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi o‘qituvchilarning respublika bo‘yicha kuchli o‘nligidan o‘rin egallashdi. O‘qituvchilarimizga kimyo fani kengashi a’zoligiga qabul qilinganliklari bo‘yicha maxsus sertifikatlar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Suv ta’minoti qamrovi 90 foizga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2030-yilgacha aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasini...

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqilmoqda

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari...

Talaba-yoshlar giyohvandlikka qarshi kurashga chaqirildi

Yoshlar salomatligini asrash, ularni zararli odatlardan himoya qilish va...

Uchinchi Renessans g‘oyalari targ‘ib qilindi

Denov tumanidagi 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Uch ming...
KunTun
KunTun