Yana bir savobli ish

Date:

Dilorom Choriyeva va turmush o‘rtog‘i 2 nafar farzandini ko‘zi qiyib, ajrashishgandi. Bolalar ona bilan qoldi. Aliment to‘lash majburiyati esa doimgidek ota zimmasida qoldi. Inson farzandi uchun hamma narsaga tayyor, yemay yedirishga, ichmay ichirishga… ota aliment to‘lovlarini har oyda to‘lashga kelganda to‘laydi, ammo imkon degani har doim ham topilavermaydi. Har oyda tomib turgan mablag‘ to‘xtab qolsa, ajrim alami, turmushning mushti onaga og‘ir botadi-da, aliment bahonasini o‘rtaga tashlaydi, undirish uchun yordam so‘raydi. Ikki yarim yuzlashtirilib, sabablar surishtirilib, muammoga yechim izlanganda, ko‘nglidagi afsus va xatolarni anglagani anglashilib qoladi. Hayriyat, aliment bahonasida ikki norasida yana ota-onali to‘kis. Ular murosai madora yo‘lini tanlab yarashishgani tashlangan arizani muddatidan oldin tugatishga sabab bo‘ldi.
Byuroning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan yana 400 ga yaqin aliment undirish
to‘g‘risidagi ijro hujjatlari mavjud. Ular yuzasidan majburiy ijro harakatlari olib borilmoqda.
Aliment to‘lovlarini undirishda eng birinchi navbatda oila vakillariga o‘zaro yarashish taklifi bildiriladi. Axir oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta bo‘ladi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolajonlar “Kitobxon kids”da bellashdi

Kitobxonlik yosh tanlamaydi — u barcha uchun birdek foydali...

“TalabaExpo–2026” — kasb tanlashda muhim maydon

Yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish, ularning kelajak rejalari va...

Qamrovi oshmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolalarni erta yoshdan sifatli ta’lim...

Kikbokschilarimiz muvaffaqiyat qozondi

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy tayyorgarligi va...
KunTun
KunTun