Taassurotlarga boy bo‘ldi

Date:

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik sohasidagi faolligini yanada oshirish maqsadida Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Termiz davlat universiteti majlislar zalida “Yoshlar forumi” o‘tkazildi. Forumda Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan davlat mukofotlari bilan taqdirlangan lider tadbirkorlar hamda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlikka qiziqishi bor yoshlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti tashkil etildi.
Ushbu Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad faol tadbirkorlarning boy tajribasi, muvaffaqiyatga erishish sir-asrorlarini yosh tadbirkorlar hamda sohaga qiziquvchi yoshlarga o‘rgatish, tadbirkorlar safini yanada kengaytirishdan iborat. Tadbir doirasida faol tadbirkorlar faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar ham o‘tkazilishi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.


Shundan so‘ng, Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan faol tadbirkorlar hamda yosh tadbirkorlar ishtirokida seminar tashkil etildi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari Palata va viloyat kichik biznesga ko‘maklashish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shu bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilariga Palataning maqsad va vazifalari, tadbirkorlik subyektlariga Palata tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Adolat Mo‘minova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun