Tungi reyd tadbirlarida…

Date:

Tun qorong‘usidan ba’zi “uddaburonlar” o‘z o‘rnida foydalanib, ishini bitirib olishi mumkin. Ammo, unutmaslik kerakki, tun o‘rnini yangi kun egallab, qing‘irlikning qiyig‘i chiqmay qolmaydi. Ana shunday illatlarning oldini olish maqsadida Qumqo‘rg‘on tumanida jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha tungi reyd tadbiri o‘tkazildi. Ushbu tadbirda bosh prokuror o‘rinbosari S.I.Samadov, sektor rahbarlari, Milliy gvardiya, Qo‘riqlash bo‘limi va ichki ishlar bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari tumandagi savdo markazlari, sport maydonlari, kompyuter o‘yingohlari, ovqatlanish shaxobchalarida bo‘lib, olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning mazmun mohiyati, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatish va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Bu borada tuman hokimligi va ichki ishlar organlari hamkorligida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun