Qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Date:

“Tashabbusli byudjet” dasturi kerakli imkon va imtiyozni berayotgani bilan ahamiyatli. Muhimi, loyihangiz kerakli ovozni to‘play olsa bo‘lgani, ajratiladigan mablag‘ bilan qurilish, ta’mirlash deysizmi, xullas, loyihangizni amalga oshirishingiz mumkin. Mablag‘ ajratildi bo‘ldi emas, bundan keyingi jarayonlar ham nazoratga olinganki, bu tizimning adolatli va shaffof ishlayotganini bildiradi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2022-yildagi “2023-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-465-sonli qarori va “Tashabbusli byudjet” dasturi hamda boshqa dasturlar asosida obyektlarda olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligidagi ishchi guruh Qumqo‘rg‘on tumanida “Tashabbusli byudjet” asosida qurilayotgan obyektlarda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishib, qurilish jarayonini o‘rganishdi.
O‘rganish davomida qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish va belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan buyurtmachi, loyihachi va pudratchi korxona rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi. Shuningdek kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish holati ham ko‘zdan kechirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

«Kuz jilosi»da Oltinsoy iste’dodlari porladi

Yosh iste’dodlarni kashf etish, ularning ijodiy salohiyatini namoyon qilish...

Qo‘g‘irchoq teatrida xavfsizlik sabog‘i

Bolalarda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini erta yoshdan...

Bo‘lajak logistlar Termiz daryo porti faoliyatini o‘rgandi

Transport va logistika sohasida malakali mutaxassis bo‘lish uchun nazariy...

Sherobodda 24 soatlik nazorat yo‘lga qo‘yilgan

Sovuq kunlarda aholi xonadonlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarining issiqlik...
KunTun
KunTun