Davra suhbati o‘tkazildi

Date:

Insonning kiyim-boshi u haqidagi boshlang‘ich taassurotni uyg‘otadi. Gap-so‘zi, dunyoqarashi va fikrlashi esa tarbiyasini ko‘rsatib keradi. Shunday ekan, har ikki jihat ham muhim. Ko‘cha-ko‘yda ochiq-sochiq kiyingan, jamoat joyida o‘zini tuta olmaydigan qiz haqida kim ham yaxshi taassurotga ega bo‘lardi. Zamona zayliga mos va xos kiyinadigan, o‘ziga oro berib, gap-so‘zlarida turli jargon so‘zlarni qo‘llaydiganlarni to‘g‘ri yo‘lga soladiganlar esa biz kattalarmiz aslida.
Uzun tumani “Yangi yo‘l” MFY xotin-qizlar faoli boshchiligida mahallada yashovchi xotin-qizlar ishtirokida ayollar va yoshlarning kiyinish madaniyati, tarbiya masallari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda kiyinish shaxsiy masala ekanligi, lekin har bir jamiyatning yozilgan, yozilmagan qonunlari, odob-axloq me’yorlari mavjudligi, ayniqsa, qiz-ayollarimiz jamiyatning vakili sifatida ana shu me’yorlarga albatta, amal qilishi, bu yoshlar tarbiyasi, kiyinishda milliy an’analarimizni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etishi aytib o‘tildi.
Qiziqarli, ochiq-oshkora muloqot asosida o‘tgan tadbirda libos har bir qiz-ayolga nafaqat ko‘rk bo‘lishi, balki uning odob-axloqi, dunyoqarashi, fe’l-atvori, ma’naviyati darajasini, umuman, qanday inson ekanligini ko‘rsatuvchi vositalardan biri hisoblanishi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Aholi uchun yana bir qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining Beshqahramon mahallasida, “Baraka” savdo markazi hududida aholiga...

Oliy ta’lim sari imkoniyat

«Vatan tayanchi» harakati faol a’zolari hamda «Vatanparvarlar» va «Shijoat...

Baxtli bolalik sari

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Jarqo‘rg‘on tumanidagi 13-sonli davlat maktabgacha...

14 jamoa — bir maqsad sari

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Semurg‘” bolalar oromgohida “Yashil chiroq–2026”...
KunTun
KunTun