Maktablarning isitish tizimi o‘rganildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hokim sifatida o‘z lavozimiga tayinlanganida, birinchi navbatda maktablarning isitish tizimini, u yerda yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganib, birinchi bo‘lib, Termiz shahridagi 16-sonli umumta’lim maktabida bo‘lgan va isitish tizimi, qolaversa, ta’mirlash ishlarini olib borish vazifasi yuklatilgan edi. Mana oradan biroz muddat o‘tib, viloyat rahbari maktabdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Aytish kerakki, maktabda DXSh asosida joriy etilgan markazlashgan isitish hamda ko‘mirdan kogeneratsiya usulida elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Bu esa o‘quvchi-yoshlar qishda issiq sinfxonalarda ta’lim-tarbiya oladi degani.
Keyingi manzilda, Termiz tumanidagi 1-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, markazlashgan isitish tizimini joriy etish ishlari bilan tanishildi. Shu yerning o‘zida tumandagi barcha ijtimoiy soha obyektlarida DXSh asosida mazkur tizimni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilindi. Mas’ullarning axboroti tinglandi.
Viloyat rahbari mas’ullarga yo‘lga qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ibrat va xotira

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Janubi-g‘arbiy...

Maktabga qatnash — xavfsiz va qulay

Jarqo‘rg‘on tumani Alisher Navoiy mahallasida piyodalar uchun zamonaviy yo‘lakcha...

B1 daraja endi imtiyoz beradi

Chet tillarini bilish darajasini baholash tizimida muhim yangilik joriy...

086-shakl endi onlayn

O‘zbekistonda fuqarolar uchun yana bir muhim qulaylik joriy etildi...
KunTun
KunTun