…o‘quv-seminar o‘tkazildi

Date:

Davlatning bosh qomusi, qonuni fuqarolar manfaat va huquqlarini himoya qiladi, jamiyatda adolat o‘rnatib, hayotini farovonlashtirishga, turmushini yaxshilashga, davlat boshqaruvidan rozi yashashga undaydi. Joriy yilda konstitutsiyamizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, yanada sayqal topib, xalqchilligi ta’minlandi, yanada tushunarli hamda qonunan mukammallashdi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘qib o‘rganish, tahlil qilish lozim. Ana shundagina huquqlarimiz, majburiyat va burchlarimiz yanada oydinlashadi.
Sherobod pedagogika kollejida Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati yuzasidan ekspertlar guruhi tomonidan zoom-platformasi orqali o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari va sud, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda tumandagi barcha korxona va tashkilot rahbar va o‘rinbosarlari, shuningdek, mahalla raislari va boshqalar qatnashishdi.
O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-67-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tegishli xatiga asosan tashkil etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun