“Ma’naviyat festivali” Surxondaryoda…

Date:

Ozod va obod yurtda bayramlar yarashganidek, bu bayramlar xalqimizga xursandchilik, yuqori kayfiyat ulashishi bilan ma’naviyatini yuksaltirishga, estetik ruh bag‘ishlashga xizmat qilmog‘i lozim. Ayniqsa, gap mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi haqida ketganda, shodiyonaga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilayotgani haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. “Ma’naviyat festivali” Surxondaryo viloyatida ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotir.


Azim poytaxtimizdan tashrif buyurgan, ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va badiiy ijod kabi soha vakillaridan iborat “Ma’rifat” targ‘ibotchilari voha ahli uchun hududlarda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib, vohadoshlarimiz tomonidan iliq kutib olinayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Albatta, film va seriallar orqali televizorimizda ko‘rinish beradigan mashhur insonlar ulug‘ ayyomni biz bilan nishonlayotgani, o‘zlarining qimatli fikr va tavsiyalarini berib, ko‘z o‘ngimizda ko‘rinish berayotgani kimni ham quvontirmaydi deysiz.
Yurtdoshlarimiz qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik, ular orasida o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik, vatanparvarlik, shukronalik, tuyg‘ularini kuchaytirish, mahallalarda aholi kayfiyatini ko‘tarish, ularning ijtimoiy faolligini oshirishni maqsad qilgan festival hududlarda davom etayotir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imtiyozlar imkoniyat yaratadi

Surxondaryo viloyatida Prezidentning kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi farmoni...

Narkotik savdosining oldi olindi

“Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasida o‘tkazilgan tezkor...

Nazorat kuchaytirildi

Surxondaryo viloyatida ekologiya va chegara qo‘shinlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd...

O‘ziga ishonchi ortdi

Termiz shahridagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida tarbiyalanayotgan...
KunTun
KunTun