Mehr-saxovat – inson bezagi

Date:

Ha demay, maktablarda o‘qish boshlanadi. O‘quvchi-yoshlar taraddudini kuzatishning o‘zi maroqli. O‘quv qurollari, maktab formalari-yu, sumka va boshqa kerakli buyumlar taxt. Hali xarid qilmaganlar uchun esa vaqt bor, bir necha kunda ulgurishlari aniq.
Yoshlar ana shunday shirin xayollarda yurgan bir paytda Sho‘rchi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i tomonidan tumandagi yakka tartibda ta’lim oladigan, ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘quvchilarning holidan xabar olindi. Albatta, quruq qo‘l bilan emas. Ularga o‘quv qurollari va maktab formalaridan iborat sovg‘alar taqdim etildi.
Kutilmagan tashrif va sovg‘alardan esa qorako‘zlarning quvonchi cheksiz. Oilalar mushkulini oson, og‘irini yengil qiladigan mana shunday yo‘qlovlar ota-onalarni-da mamnun etdi. Ha, yurtimizda hech bir yosh mehr va e’tibordan chetda emas. Endi bu yoshlar ham hech kimdan kam bo‘lmagan holda yangi o‘quv yilini boshlashadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“E-auksion.uz” — ochiq savdo maydoni

Bugungi tezkor hayotda har birimizning xayolimizda turli biznes g‘oyalari...

Kamchiliklar bartaraf etildi

Jarqo‘rg‘on tumanida davlat tilining nufuzini oshirish, uni hayotimizning barcha...

Bilim va zukkolik bellashuvi

Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini boshlandi....

“Yangi hayot”da yangi maskan

Qiziriq tumanida yosh avlod tarbiyasi va ta’limi yo‘lida navbatdagi...
KunTun
KunTun