Garant ish faoliyatini boshladi

Date:

Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining ish boshlashi, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarining ochilishi aholiga har tomonlama qulaylik tug‘dirmoqda. Eng muhimi, talab va ehtiyojidagi mahsulot va xizmat turlaridan foydalanishga imkoniyat tug‘dirsa, boshqa tomondan ishbilarmonlik muhitini yaratib, yangidan-yangi ish o‘rinlari ochilishiga ham sabab bo‘layotir.
Sho‘rchi tumanidagi 4-sektor hududida faoliyat boshlagan Garant – savdo majmuasi ham ana shunday maqsadga xizmat qilayapti, deyish mumkin. Majmuada barcha turdagi, xususan 11 ming xildagi mahsulotlar o‘rin olgan. Asosiysi, ushbu mahsulotlarni istagan shaklda sotib olish imkoniyati mavjud. Mazkur savdo markazi faoliyatini boshlashi bilan 35 ta yangi ish o‘rni yaratilib, ularning ishlashi uchun barcha shart-sharoit va qulayliklar yaratilganini alohida qayd etish lozim.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar ta’limi uchun yangi imkoniyat

Bolaning ilk ta’lim muhiti uning kelajakdagi rivojida muhim o‘rin...

“Surxon yulduzi” iste’dodlarni kashf etmoqda

Yosh iste’dodlarni izlab topish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash...

“Open byudjet”: ikkinchi mavsum boshlandi

Hududlarni obod qilish va mahalliy muammolarni hal etishda fuqarolarning...

Yangi maskan — yangi imkoniyat

Shahar va tumanlarda zamonaviy jamoat maskanlarini yaratish nafaqat infratuzilmani...
KunTun
KunTun