Yopilgan yo‘l ochildi

Date:

Sho‘rchi tumanidagi fuqarolar qabulida ko‘tarilgan masala amaliy yechim topdi.

“Ibn Sino” mahallasida yashovchi Tohir Do‘stqobilov tuman hokimi Akbarali Ishmurzoyev qabulida “Saxovat” ko‘chasini ochib berish masalasida murojaat qilgan edi.

O‘rganishlar natijasida aholining ko‘chadan erkin foydalanishiga to‘sqinlik qilayotgan noqonuniy devor buzilib, yo‘l ochib berildi.

Shu tariqa fuqaroning murojaati qog‘ozdagi topshiriq bilan cheklanmay, amalda hal etildi. Hududda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida o‘rganib, ularni aniq natijaga qaratilgan choralar orqali bartaraf etishga e’tibor qaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Talabalar yengil atletika bahslarida kuch sinashdi

Termiz davlat universiteti sport maydonida oliy ta’lim muassasalari talabalari...

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...
KunTun
KunTun