“Ko‘kalp” komiksi yaratilmoqda

Date:

O‘zbekistonda milliy madaniyat, tarix va turkiy xalqlar folklorini zamonaviy vizual hikoyachilik orqali yosh avlodga yetkazishga qaratilgan “Milliy manga” loyihasi doirasida yangi komiks-manga asarlari yaratilmoqda.

Loyihaning ilk asari — yozuvchi va rassom Isomiddin Eshonqulov tomonidan yaratilayotgan “Ko‘kalp” mangasi. Fantaziya janridagi asar turkiy mifologiya va xalq og‘zaki ijodi motivlari asosida yaratilmoqda.

Asar markazida osmondan kelgan alpning taqdiri, uning muz qoyalar orasida asirlikda yashayotgan qavmni ozodlik sari yetaklashi, o‘z kelib chiqishi va yo‘lini anglashi bilan bog‘liq voqealar turadi. Unda turkiy mifologiyadagi “Erganakon” motivlari ham badiiy talqin qilinadi.

Hozirda asarning ijodiy konsepsiyasi va sinopsisi ishlab chiqilgan, dastlabki sahifalari chizilib, ranglangan. Rejaga ko‘ra, “Ko‘kalp” taxminan 100 sahifadan iborat bo‘ladi.

“Milliy manga” loyihasi orqali o‘zbek va turkiy xalqlarning tarixi, afsona va folklor unsurlarini zamonaviy manga estetikasi bilan uyg‘unlashtirish hamda milliy mazmundagi asarlarni yoshlar auditoriyasiga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Angorda yer usti yo‘lagi qurilmoqda

Angor tumani Yangi turmush mahallasidan o‘tuvchi Abu Iso at-Termiziy...

“Yashil belbog‘” barpo etilmoqda

Angor tumani Ilg‘or mahallasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida...

Ishlar qanday ketmoqda?

Qumqo‘rg‘on tumanida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida 11...

Milliy otchilik: an’ana, mahorat va e’tirof

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari”...
KunTun
KunTun