Harbiy xizmat: huquq, tartib va mas’uliyat

Date:

Termiz harbiy prokurorining yordamchisi, adliya katta leytenanti S.Bebetov Oltinsoy tumanida harbiy xizmatchilar bilan uchrashib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar, ularning huquqiy oqibatlari hamda qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tash istagida bo‘lgan, komissiya tekshiruvlaridan o‘tayotgan yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Ularga harbiy xizmatni o‘tash tartibi, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar tushuntirildi.

Uchrashuvda harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimini oshirish, qonun talablariga rioya etish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Daler Rahmatullayev,
Termiz harbiy prokurorining katta yordamchisi,
adliya katta leytenanti

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun