Amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi

Date:

“Dolzarb 60 kun” profilaktik tadbirlari doirasida Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Baraka” savdo majmuasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.

Unda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan savdo majmuasi xodimlari va tadbirkorlarga yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish hamda fuqarolarni xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar namoyish etildi.

Mazkur tadbir aholining yong‘in xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda insonlar hayoti va mol-mulkini ishonchli himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun