Qilmishi javobsiz qolmadi

Date:

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va tuproq unumdorligiga ham jiddiy zarar yetkazadi. Shu bois ekologik qoidabuzarliklarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Jarqo‘rg‘on tumanida bug‘doy o‘rimidan so‘ng dala yoqilgani aks etgan videomurojaat yuzasidan viloyat va tuman Ekopolitsiyasi xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish o‘tkazildi.

Natijada “Mehnatobod” mahallasidagi xususiy korxonaga tegishli 1,4 gektar maydondagi somonpoya qoldiqlarini fuqaro K.Z. yoqib yuborgani aniqlandi. Holat yuzasidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan zarar 2 million 455 ming 260 so‘m etib belgilandi.

Mutasaddilar ekologik xavfsizlikni ta’minlash har bir fuqaroning mas’uliyati ekanini eslatib, bunday holatlarga nisbatan murosasiz choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun