Grantlar biznesga yo‘l ochar

Date:

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bugungi islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Qiziriq tumanida “Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish – 1- va 2-faza” loyihalari doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga sertifikatlar hamda eng yaxshi biznes loyihalari mualliflariga grant sertifikatlari topshirildi.

Loyihaning birinchi bosqichida grant tanloviga taqdim etilgan 24 ta biznes rejasidan 12 tasi ma’qullanib, umumiy qiymati 500 million so‘mlik grant mablag‘lari ajratildi. Ushbu loyihalar orqali tumanda 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, ikkinchi bosqich o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlagan 24 nafar xotin-qizga grant tanlovlarida ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi.

Tadbir yakunida hunarmandchilik buyumlari va milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi hamda milliy liboslar namoyishi tashkil etilib, ishtirokchilarning tadbirkorlik salohiyati yana bir bor namoyon etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun