Gaz “teshiklari” yopilmoqda

Date:

Tabiiy gaz bugungi kunda dunyoda eng muhim energiya manbalaridan biri bo‘lib, u yuqori energiya samaradorligi, nisbatan past emissiyasi va keng qo‘llanilish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish, sanoat tarmoqlari, uy-joylarni isitish va boshqa sohalarda tabiiy gazning o‘rni tobora ortib bormoqda.
Global energiya talabi oshib borayotgani va ekologik muammolar kuchaygani sababli tabiiy gazdan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Bu nafaqat iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi, balki atrof-muhitga salbiy ta’sirni ham kamaytiradi.
Shu maqsadda Surxondaryo viloyatida 2026-yilda 28,8 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilandi.
Jumladan:
— 9 520 ta energiya tejamkor uskuna o‘rnatilishi belgilangan bo‘lib, ishlar izchil davom etmoqda;
— 112 ta gaz taqsimlash punkti (GTP) modernizatsiya qilindi;
— 16,8 kilometr uzunlikdagi gaz tarmoqlarida mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi;
— 3 639 ta iste’molchi xonadonida energiya tejamkor uskunalar o‘rnatildi;
— 716 ta qo‘shimcha tashkiliy-texnik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Aholi o‘rtasida energiya resurslarini tejash madaniyatini oshirish maqsadida viloyat bo‘ylab 105 martadan ortiq targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar orqali tabiiy gazdan oqilona foydalanish, tejamkor qurilmalarni joriy etish va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha keng tushunchalar berildi.
Surxondaryoda tabiiy gazni tejash va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Bu borada nafaqat tizim tashkilotlari mas’ullari, balki har bir fuqaro masalaga jiddiy yondashib,o‘z xonadonlarida tabiiy resurslarimizdan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘ysalar, uning ham iqtisodiy, ham ma’naviy ahamiyati yuqori bo‘ladi.

A.Ibrogimov,
Bosh prokuratura boshqarma prokurori,
adliya kichik maslahatchisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...

Yoshlar yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘qiydi

Bandixon tumanida yosh avlod uchun zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratishga...
KunTun
KunTun