Saxovatda namuna bo‘ldi

Date:

Surxondaryolik mirishkorlar 84 ming 672 gektar maydondan 271 ming tonnadan ortiq g‘alla yig‘ishtirib, respublikada birinchilardan bo‘lib davlat buyurtmasi bo‘yicha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarini bajardi.
Mavsum yakunlari munosabati bilan Sherobod tumanida o‘tkazilgan tadbirda agrar soha fidoyilari e’tirof etilib, yuqori hosildorlikka erishgan 150 dan ortiq fermer xo‘jaligi rahbarlari rag‘batlantirildi.


Eng e’tiborlisi, fermerlar tashabbusi bilan 4 ming 900 ta ehtiyojmand oilaga 970 tonna bug‘doy tarqatildi. Mavsum boshidan buyon esa ishchi-xodimlar va kam ta’minlangan oilalarga jami 5 ming 500 tonna bug‘doy yetkazib berildi.
Bu tashabbus nafaqat qishloq xo‘jaligidagi yutuqlar, balki xalq farovonligi va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlash yo‘lidagi ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun