Bir xonadonga elektr bilan birga umid ham qaytdi

Date:

Muzrabot tumanida og‘ir ijtimoiy sharoitda yashab kelayotgan Xadicha Xoliqovaning murojaati e’tiborsiz qoldirilmadi. Besh yildan buyon elektr energiyasisiz yashayotgan oila holati tuman hokimi tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida oilaning yashash sharoitini yaxshilash, farzandining salomatligini tiklash hamda xonadonni zarur ehtiyojlar bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, uyga elektr toki tortildi, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi va bolaning tibbiy muolajalarini tashkil etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Mazkur holat joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash va inson qadrini ulug‘lash borasidagi amaliy ishlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun