Imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

Date:

Surxondaryo viloyati umumta’lim maktablaridagi “Vatan tayanchi” otryadining faol a’zolariga Termiz harbiy prokurori Sh. Mirzayev tomonidan imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.

Mazkur tavsiyanomalar yoshlarga harbiy va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda muhim imkoniyatlar yaratadi. Bu tashabbus yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning iqtidori va sa’y-harakatlarini munosib rag‘batlantirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday e’tirof va qo‘llab-quvvatlashlar mamlakatimiz uchun sadoqatli, bilimli va fidoyi kadrlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun