Yangi qo‘mondonlik tashkil etildi

Date:

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan yangi farmon mamlakat harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Mazkur hujjat asosida Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari hamda Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi negizida Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etiladi.

Yangi qo‘mondonlik zamonaviy raqamlashtirilgan boshqaruv tizimi, yuqori aniqlikdagi aviatsiya texnikalari hamda uchuvchisiz aviatsiya komplekslari bilan jihozlanadi. Natijada harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa bo‘linmalarining jangovar imkoniyatlari ikki barobar oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Mutaxassislar fikricha, ushbu islohot mamlakatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, strategik va muhim obyektlarni havo tahdidlaridan ishonchli himoya qilish hamda Qurolli Kuchlarning zamonaviy jangovar shayligini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun