Ekologlar e’zozda

Date:

Atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lida faoliyat yuritayotgan bir qator ekologlar 5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, tizimda uzoq yillar samarali mehnat qilgan hamda bugungi kunda faxriy nafaqada bo‘lgan bir guruh soha vakillari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi davomida viloyat hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov tabiatni asrash, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, yashil makonlarni ko‘paytirish yo‘lidagi xizmatlar yuqori baholanishi lozimligini ta’kidlab, ekologik barqarorlikni ta’minlashda bunday tashabbuskor insonlarning o‘rni beqiyos ekanini alohida e’tirof etdi.

Mazkur mukofot ularning atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda yurtimiz tabiatini asrab-avaylash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnatlari e’tirofi sifatida topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun