Ezgulik va e’tibor — jamiyat tayanchi

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish, ayniqsa ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Joylarda amalga oshirilayotgan mehr-oqibat va saxovat tadbirlari esa inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir yorqin ifodasidir. Ayniqsa, ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam ularning hayotida quvonch va ishonch uyg‘otmoqda.

Ana shunday ezgu tashabbuslardan biri Termiz shahrining “Yulduz” mahallasida tashkil etildi. Mahalliy tadbirkor tashabbusi bilan ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun sunnat to‘yi marosimi o‘tkazilib, bolajonlarga haqiqiy bayram kayfiyati ulashildi.

Tadbir davomida dasturxon yozilib, mehmonlar va bolalar uchun bayramona muhit yaratildi. Quvnoq lahzalar, samimiy tilaklar va mehrga yo‘g‘rilgan e’tibor bolajonlarning yuzida cheksiz quvonch aks ettirdi. Shuningdek, ularga turli sovg‘alar topshirilib, bu kun ular xotirasida unutilmas voqea bo‘lib qoldi.

Eng muhimi, bunday tadbirlar orqali ehtiyojmand oilalarga nafaqat moddiy yordam, balki ma’naviy ko‘mak ham ko‘rsatilmoqda. Zero, jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik muhiti mustahkam bo‘lsa, insonlarning ertangi kunga ishonchi yanada ortadi.

Bu kabi xayrli tashabbuslar jamiyatda ijtimoiy birdamlikni kuchaytirish, yosh avlod qalbida mehr-shafqat va insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ezgulik ulashish esa har qanday boylikdan-da ulug‘ qadriyatdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun