“Ko‘mak” ko‘makka shay

Date:

Termiz shahrida yoshlar uchun yana bir muhim tashabbus hayotga tatbiq etildi. Tashabbuskor yosh Bibinora Rahmonqulova tomonidan tashkil etilgan “Ko‘mak” o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu kabi loyihalar bugungi kunda yoshlarning bilim va kasb egallashiga keng yo‘l ochayotgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Ochilish marosimida mahalla yoshlari, faollar va mehmonlar ishtirok etib, loyiha muallifini ushbu muhim qadam bilan samimiy qutlashdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Ko‘mak” markazi yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasi ekanini ta’kidlab, uning kelajakdagi o‘rni muhim bo‘lishini qayd etdilar.

Mazkur markazda turli yo‘nalishlar bo‘yicha darslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu yoshlarning nafaqat bilimini oshirish, balki ularning bandligini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

Umuman olganda, “Ko‘mak” o‘quv markazining ochilishi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish hamda jamiyatda faol o‘rin egallashlariga zamin yaratishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun