Qumqo‘rg‘on tumanining “Navbahor” mahallasida xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ish boshladi. Mazkur tashabbus Prezidentning xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmoni ijrosi doirasida amalga oshirildi.
Markaz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatish, shuningdek, biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘mak berishga xizmat qiladi. Bu yerda zamonaviy o‘quv kurslari va maslahat xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi markaz hududda xotin-qizlar faolligini oshirish, ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

