Kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilindi

Date:

Surxondaryo viloyatida sud qarorlariga asosan umumiy qiymati qariyb 180 million so‘mlik kontrafakt mahsulotlar yo‘q qilindi. Ular orasida 6000 quti “Esse Change” tamaki mahsulotlari, turli dori vositalari va boshqa noqonuniy tovarlar bor.

Mazkur mahsulotlar sud tomonidan egasiz deb topilib, ularni yo‘q qilish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Qaror ijrosi bojxona, majburiy ijro va adliya organlari hamkorligida amalga oshirilib, mahsulotlar belgilangan tartibda yoqib yuborildi.

Bu kabi choralar noqonuniy savdoning oldini olish, aholi salomatligini himoya qilish va ichki bozorni sifatsiz mahsulotlardan tozalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun