Yangi maqom va mukofotlar

Date:

O‘zbekistonda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol qatnashayotgan fuqarolar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish uchun yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, “Yashil makon” loyihasi doirasida hissa qo‘shganlarga maxsus maqom va davlat mukofotlari beriladi.

Masalan, 100 tup daraxt ekkan yoki 10 mln so‘m xayriya qilgan fuqarolarga “ekofaol fuqaro”, 1000 tup daraxt ekkan tadbirkorlarga “ekohamkor” maqomi beriladi. Eng katta hissa qo‘shgan — 5000 ga yaqin ko‘chat ekkan yoki 5 mlrd so‘m xayriya qilgan shaxslarga esa “metsenat” maqomi taqdim etiladi. Bundan tashqari, kamida 5 ta yashil bog‘ tashkil etishda faol qatnashganlar “Kelajak bunyodkori” davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Bu tashabbus ekologik muammolarni kamaytirish, havoni tozalash va jamiyatda ekologik mas’uliyatni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun