Boysun tumanida joylashgan “Yoshlar bog‘i”ga O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayev nomi berildi. Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, istirohat bog‘ida yangi nom aks etgan zamonaviy ko‘rsatkichlar, peshlavhalar va belgilar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi. Mazkur jarayonlar tegishli doimiy komissiyalar nazoratida amalga oshiriladi.
Bog‘ga yozuvchining nomi berilishi adabiy merosni asrab-avaylash, yosh avlodni milliy qadriyatlar va ijodiy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tashabbus jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitishga xizmat qiladi.

