Kartoshka urug‘i tarqatildi

Date:

Aholining daromadini oshirish va tomorqadan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish kambag‘allikni qisqartirishda muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda tumanda manzilli amaliy yordam ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida kambag‘allar reyestrida ro‘yxatda turuvchi qariyb 300 nafar fuqaroga jami 45 tonna kartoshka urug‘i tarqatildi.

Mazkur yordam orqali fuqarolar o‘z tomorqalariga kartoshka ekib, oilasining oziq-ovqat zahirasini ko‘paytirish, ortiqcha hosilni sotish orqali qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu kabi tashabbuslar aholining bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirish hamda kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bog‘cha ishga tushdi

Sho‘rchi tumanining “Baxshtepa” mahallasida 90 o‘rinli 50-sonli yangi bog‘cha...

Piyoz yig‘imi boshlandi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Yangi qishloq" mahallasida mahalliy dehqonlar piyoz hosilini...

Diyorbek AQShda o‘qiydi

Bandixon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Diyorbek O‘ralov Amerika Qo‘shma...

940 gektar maydonda…

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatiga tashrifida vohaning quyoshli iqlimidan...
KunTun
KunTun