ID kartalar topshirildi

Date:

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Bandixon tumanida ayollarga hurmat va ehtirom ifodasi sifatida bir guruh xotin-qizlarga fuqarolik ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Bandixon tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida ta’kidlandi.

Bayramona ruhda o‘tgan tadbir davomida topshirilgan ID kartalar nafaqat muhim hujjat, balki xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun