Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

Date:

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning barcha jabhalarida o‘z samarasini bermoqda. Bu jarayonlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Murojaatnomasida ham alohida e’tirof etildi. Unda o‘tgan davrda erishilgan natijalar sarhisob qilinib, kelgusi yil uchun 6 ta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.
Mazkur vazifalar joylarda, xususan, Jarqo‘rg‘on tumani misolida ham amaliy ifodasini topmoqda. Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi bugungi kun talablari asosida faoliyat yuritib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
O‘tgan yil davomida tuman Kengashi tomonidan 11 ta sessiya o‘tkazilib, 171 ta masala muhokama qilindi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Ijro hokimiyati organlari rahbarlarining mas’uliyatini oshirish maqsadida 3 ta qarorda aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Deputatlar tomonidan 126 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, ularning qariyb 92 foiziga javob olindi.
Aholi bilan ochiq muloqot tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Deputatlar saylov okruglarida 120 ta uchrashuv o‘tkazib, ko‘tarilgan muammolarning 97 foizi ijobiy hal etilishiga erishildi. Fuqarolardan kelib tushgan 32 ta murojaatning aksariyati amaliy yechim topdi.
Eng muhimi, Kengash deputatlarining sa’y-harakati bilan 12 nafar fuqaro kambag‘allikdan chiqarildi, 8 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi, yangi ish o‘rinlari yaratildi. Talabalar kontrakt to‘lovlarini qoplash, ehtiyojmand oilalarga dori-darmon va ortopedik vositalar yetkazib berish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash kabi ijtimoiy masalalar ham e’tibordan chetda qolmadi.
Hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi —
14 kilometr avtomobil yo‘li ta’mirlandi. Migratsiyada bo‘lgan fuqarolarni vatanga qaytarish va ularni ish bilan ta’minlash masalalarida ham ijobiy natijalarga erishildi.
Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Kengashning barcha qarorlari “E-Kengash” tizimi orqali e’lon qilinib, jamoatchilikka yetkazildi. Qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga tushuntirish bo‘yicha 71 ta targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Prezident Murojaatnomasida iqtisodiy rivojlanish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiyalarni jalb qilish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu esa mahalliy Kengashlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, mahalliy byudjet mablag‘larini samarali taqsimlash — bugungi kunning dolzarb vazifalaridandir.
Jarqo‘rg‘on tumani tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mahalliy Kengashlar aholi manfaatlarini ifoda etuvchi va hudud rivojini ta’minlovchi muhim institutga aylanmoqda. Izchil va mas’uliyatli faoliyat esa mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti va xalq farovonligiga xizmat qiladi.

Abdulazim SAMANOV,
Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ogohlik, bilim va mas’uliyat — eng muhim himoya

Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining barcha sohalariga chuqur...

Sukut — daxlsizlik kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda inson huquqlariga oid normalarning bir necha...

Xalq manfaati dadillikka chorlaydi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hayotimizning...

Taraqqiyotning ma’naviy tayanchi

Diniy bag‘rikenglik – bu shunchaki turli din vakillarining yonma-yon...
KunTun
KunTun