Talabalar traktorchi va agrodron mutaxassisligiga o‘qitiladi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-fevral kuni qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish va ilm-fanni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda 2030-yilgacha 938 ming gektar yaylovni tiklash, chorvachilik mahsulotlari hajmini oshirish hamda har bir hududda aniq investor va loyiha asosida ish olib borish rejalari belgilandi.

Qishloq xo‘jaligi ilm-fanini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 22 ta ilmiy markaz va 260 ta laboratoriya Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasiga birlashtiriladi. Biotexnologiya, gen injeneriyasi, “aqlli” va raqamli qishloq xo‘jaligi, dron va kosmik texnologiyalar ustuvor yo‘nalishlar etib belgilandi.

Kadrlar tayyorlashda amaliyotga alohida e’tibor qaratilib, minglab talabalar agroklasterlar va ilmiy institutlarda amaliyot o‘taydi. Shuningdek, talabalarni traktorchi-mashinist guvohnomasi va agrodronlardan foydalanishga o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.

Taqdimotda agrosanoat loyihalari, intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil etish, ko‘chatlarni mahalliy sharoitda yetishtirish masalalari ham ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Birinchi xato uchun ogohlantiriladi

2027-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun ogohlantirish»...

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalar savdoga chiqarildi

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan...

5 mingdan ortiq maktab yangi baholash tizimiga o‘tadi

2026–2027-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistondagi yana 1 568 ta umumiy...

“BOSHRABOT”DA YANGI KUTUBXONA OCHILDI

Мustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Boysun tumanidagi Boshrabot mahalla...
KunTun
KunTun