Ijro tizimi to‘liq raqamlashtiriladi

Date:

Surxondaryo viloyatida aholi murojaatlari bilan ishlashda natijaga yo‘naltirilgan, shaffof va samarali yangi ijro tizimi joriy etiladi. Bu haqda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov navbatdagi ommaviy qabulda ma’lum qildi.

Yangi tizim doirasida qayta tashkil etilgan ijro apparati orqali har bir murojaat yagona elektron dasturga kiritilib, uning ijrosi raqamlashtirilgan platforma orqali nazorat qilinadi. Shuningdek, har bir mahallaga aniq mas’ullar biriktirilib, murojaatlarning joyida va o‘z vaqtida hal etilishi ta’minlanadi.

Ommaviy qabul davomida shahar va tuman studiyalari orqali 238 nafar fuqaroning 285 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Ularning 34 tasi qabul jarayonida ijobiy hal etildi, qolgan murojaatlar esa mas’ul idoralarga aniq muddatlar belgilangan holda ijroga yo‘naltirildi. Oldingi qabullardagi murojaatlar ijrosi ham tahlil qilinib, ijro intizomiga rioya etmagan mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berildi.

Mazkur tizim aholi muammolarini tezkor va sifatli hal etish, davlat idoralari faoliyatida ochiqlik va javobgarlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun