Hosildorlik va samaradorlik ustuvor

Date:

Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish va kelgusi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari izchil davom etmoqda. Bu jarayonda yer maydonlaridan samarali foydalanish va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq, Bandixon va Sho‘rchi tumanlarida bo‘lib, g‘alla maydonlaridagi ishlar, o‘g‘itlash, begona o‘tlarga qarshi kurash, kasalliklarning oldini olish hamda dala chetlarini ko‘kalamzorlashtirish ishlari holatini o‘rgandi. Shuningdek, samarasiz bog‘lar o‘rnida intensiv bog‘lar barpo etish, sug‘orish tizimini yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif yakunida mas’ullarga ishlar sifatini oshirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun