Savdo ko‘chasida tartib bormi?

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Besh qahramon” mahallasi hududida tun-u kun faoliyat yurituvchi 24/7 rejimidagi savdo va xizmat ko‘rsatish ko‘chasi tashkil etilgan. U yerda tartib-intizomni ta’minlash, piyodalar va transport harakati xavfsizligini oshirish hamda hudud qiyofasini yaxshilash maqsadida noqonuniy o‘rnatilgan savdo rastalarini tartibga keltirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tuman hokimi Farrux Xoliqov  hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan savdo ko‘chasida noqonuniy joylashtirilgan rastalar xatlovdan o‘tkazilib, tadbirkorlar va savdogarlarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Belgilangan talab va me’yorlarga javob bermaydigan, piyodalar yo‘laklari hamda yo‘l qatnov qismiga to‘sqinlik qilayotgan savdo nuqtalarini bosqichma-bosqich bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun