Insonparvarlik va saxovat tantanasi

Date:

Sariosiyo tumanining “Bo‘yrapusht” mahallasida yangi, zamonaviy “Shoh Saroy” to‘yxonasi foydalanishga topshirildi. Ushbu quvonchli voqea ezgu tashabbus bilan uyg‘unlashib, mahalladagi 15 nafar oila farzandlari uchun xayriya sunnat to‘ylari tashkil etildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Odiljon Yaqubov ishtirok etib, mahalla ahli va mehmonlarni muborakbod etdi, bolajonlarga sog‘lom va baxtli kelajak tilaklarini bildirdi. Shuningdek, jamiyatda mehr-oqibat va saxovatni targ‘ib etayotgan tadbirkorga samimiy minnatdorlik izhor qilindi.

Tadbir doirasida sunnat bo‘lgan bolalarga sarpo va velosipedlar sovg‘a qilinib, ularning quvonchiga quvonch qo‘shildi. Nuroniylar tomonidan yurt tinchligi, farzandlar kamoli va bunday ezgu ishlarning davomli bo‘lishi tilab duolar qilindi.

Mazkur xayriya tadbiri jamiyatda insonparvarlik, mehr-shafqat va hamjihatlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlab, “Bo‘yrapusht” mahallasining ijtimoiy hayotida unutilmas voqeaga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun