Yoshlar safarda…

Date:

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasi jadal rivojlanib, mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor maskanlariga bo‘lgan qiziqish ortmoqda. Ayniqsa, ichki turizmni rag‘batlantirish orqali nafaqat hududlar iqtisodiyoti, balki yoshlar tarbiyasi va madaniy merosga hurmatni oshirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, 2022-yil 1-iyundan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida yoshlarni mamlakatimizning tarixiy va diqqatga sazovor joylariga sayohat qilishga keng jalb qilish boshlandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yildagi 13-avgustdagi “Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi qarori asosida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari o‘quvchi-yoshlarning xavfsizligini ta’minlab, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga zarur sharoit yaratmoqda. Sayohatlar davomida yoshlar viloyatimizdagi sayyohlik namoyishi obyektlarining yo‘nalish xaritasi va xavfsizlik talablariga oid bukletlar bilan ta’minlanib, kerakli ma’lumotlar berilmoqda.
Ushbu sayohatlar yoshlar uchun nafaqat tarixiy bilimlarni oshirish, balki bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, turizm sohasini yaqindan o‘rganish imkoniyatini yaratadi.

Akbar Mavlyanov,
viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi

jamoat tartibini saqlash guruhi katta inspektori,
mayor

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun