Ichki yo‘llar rekonstruksiya qilindi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlarda yirik qurilish va rekonstruksiya loyihalari ijrosini o‘rganish maqsadida Oltinsoy va Denov tumanlariga tashrif buyurdi. Oltinsoy tumanida “Tangiz” kanali rekonstruksiyasi ishlari ko‘zdan kechirilib, loyihani belgilangan meyor va talablar asosida davom ettirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Ushbu rekonstruksiya qishloq xo‘jaligi maydonlarini samarali sug‘orish va suv resurslarini tejash imkonini beradi.

Denov tumanida esa “Xayrobod” qo‘rg‘onida Ma’naviyat markazi binosi loyihasi va harbiy xizmatchilar uchun turar joylar qurilishi bilan tanishildi. Shuningdek, markaziy Turkiston va Saylgoh ko‘chalarida jami 3,7 km ichki yo‘lni rekonstruksiya qilish ishlari ko‘zdan kechirilib, ishlarni sifatli va tez yakunlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Viloyat rahbari barcha loyihalar aholi turmush darajasini oshirishga xizmat qilishi, belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishi zarurligini ta’kidladi. Ushbu tashriflar hududlarda infratuzilma barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan amaliy ishlarning izchil davom etayotganini namoyish etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun