Ekologik muammolar uchun innovatsion yechim

Date:

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan muhim ilmiy yangilik yaratdilar. Ular biologik asosda olingan ko‘p qatlamli grafen ishlab chiqib, ushbu material asosida suvni samarali tozalashga mo‘ljallangan WATER-TOL filtr-pressining laboratoriya namunasini yaratishga muvaffaq bo‘ldilar.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur grafen inson salomatligi uchun mutlaqo xavfsiz bo‘lib, u bakteriyalar, viruslar va zamburug‘larga qarshi faol ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jarohatlarning tez bitishiga ko‘maklashuvchi xususiyatga ega.Eng muhimi, yangi material suv va havoni tozalash, zararli moddalar hamda radiyonuklidlarni yutishda yuqori samaradorlikka ega.

Ushbu innovatsiya atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini ta’minlash yo‘lidagi muhim ilmiy yutuq sifatida e’tirof etilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

My.gov.uz:  navbatdagi  qulaylik

Endilikda fuqarolar  pensiya to`lovlarini  bank kartasidan  naqd pul shakliga ...

Samarali hamkorlik

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa,...

Qizlar to‘p suradi

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil...

Temuriylar davri aks etadi

Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonning 5 ming yildan ortiq tarixi...
KunTun
KunTun