615 gektarda turizm majmuasi

Date:

Surxondaryo viloyatida uchta yirik turizm markazini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Shulardan biri — tog‘li hududda joylashgan, 615 gektar maydonni qamrab oluvchi “Sangardak” turizm markazidir.

Mazkur loyiha “Turonbank” hamda xorijiy kompaniyalar hamkorligida ishlab chiqilgan zamonaviy master-reja asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha tog‘lar bag‘ridagi betakror tabiiy muhitni saqlagan holda, ichki va tashqi sayyohlar uchun qulay va jozibador turizm infratuzilmasini yaratishni ko‘zda tutadi.

Ayni paytda majmua hududida tog‘ dor yo‘li, mehmonxonalar, restoranlar, kapsula uylar, bungalovlar, mehmon uylari, savdo bozorchasi, avtoturargohlar hamda turli xizmat ko‘rsatish obyektlarining qurilishi jadal davom etmoqda.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida hududda yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahalliy iqtisodiyot rivojlanadi hamda Sangardak mamlakatimizdagi eng yirik va istiqbolli sayyohlik yo‘nalishlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning  samarqandlik  o‘g‘li

Vatan o‘z farzandlarini matonati, sadoqati, shijoati va beorom qalblari...

Novvoyning holiga  voy

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va...

Iste’molchilar  huquqlari: nazorat  va  natija

Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, sog‘lom raqobat...

Beparvolik  kechirilmaydi

Bugungi kunda viloyatimizda yangi bino va inshootlar qurilishi, ko‘p...
KunTun
KunTun