“Qorboboga maktub”

Date:

Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimizdagi ta’lim muassasalarida bolajonlar qalbiga quvonch, orzu va ishonch ulashishga qaratilgan “Qorboboga maktub” loyihasi tashkil etildi.

Mazkur loyiha doirasida tarbiyalanuvchilar va o‘quvchilar Qorboboga o‘z tilaklari, orzu-istaklari, kelajakdagi maqsadlari bitilgan maktublarni yozib, ularni maxsus tayyorlangan pochta qutilariga joylashtirmoqda. Ushbu tashabbus bolalarda ijodkorlik, mustaqil fikrlash, yozma nutq hamda ezgu orzular sari intilish tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Loyiha jarayonida ta’lim muassasalarida bayramona muhit yaratilgan bo‘lib, pedagoglar tomonidan bolalarga Yangi yil an’analari, mehr-oqibat, saxovat va ezgulik g‘oyalari targ‘ib etilmoqda. Eng samimiy va qiziqarli maktublar alohida e’tirof etilib, mualliflari Yangi yil sovg‘alari bilan rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kitobxon ustoz–shogird”

Jamiyatda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ustoz–shogirdlik an’analarini mustahkamlash maqsadida universitet...

“Tashabbusli byudjet”: Sherikchilik tartibi belgilandi

“Tashabbusli byudjet” doirasida loyihalarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari joriy etildi....

Xavfsizlik choralari ko‘rilgan

Yangi yil bayrami hamda “Prezident archasi” tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik...

 “Qorboboga maktub”

Yangi yil bayrami munosabati bilan viloyatimizdagi ta’lim muassasalarida bolajonlar...
KunTun
KunTun