Strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Xitoy kompaniyalari delegatsiyalari bilan uchrashuv o‘tkazib, iqtisodiyotning qator yo‘nalishlari bilan bir qatorda oliy ta’lim tizimida ham yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilganidan xabaringiz bor.

Mazkur muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari hamda yirik investorlari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Xitoyning Janubi-g‘arbiy universiteti bilan hamkorlikda Termiz davlat universitetida xitoy tilini o‘qitish markazini tashkil etish, sun’iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirish, xitoylik mutaxassislar ishtirokida darslar va master-klasslar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar uchun Xitoyda malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ilm-fan hamda investitsiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajakni asrang!

Har yili 22-mart — Butun jahon suv resurslari kuni...

Qochib bo‘lmaydi

Ba’zida farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ba’zi bir onalar nikoh...

EKOLOGIYA — BEPARVOLIKNI KECHIRMAYDI

Bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish masalasi jamiyat taraqqiyoti, aholi...

Huquqiy davlatning muhim poydevori

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat va kuchli...
KunTun
KunTun