Arzonlashtirilgan yarmarka qulaylik yaratmoqda

Date:

Aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish va xarid qilishda qulaylik yaratish maqsadida Sho‘rchi tumanidagi “Dehqon bozori” hududida arzonlashtirilgan yarmarka tashkil etildi. Mazkur yarmarka xalq xizmatida bo‘lib, unda turli xil zarur oziq-ovqat mahsulotlari aholiga hamyonbop narxlarda taklif etilmoqda.

Yarmarkada meva-sabzavotlar, poliz mahsulotlari, dukkakli ekinlar, guruch, go‘sht va sut mahsulotlari, tuxum hamda o‘simlik yog‘i savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulotlarning sifati va narxlari aholining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda belgilangan bo‘lib, xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.

Bunday arzonlashtirilgan yarmarkalar aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, bozordagi narxlar barqarorligini ta’minlash hamda aholining turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun