Prezident kitobi karvoni Surxondaryoda

Date:

Surxondaryoda Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Jahon miqyosidagi davlat va siyosat arbobi” kitob-albomlarini hududlarga yetkazish jarayoni boshlandi. Termiz shahridagi 9-maktabda o‘tgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 15 ta shahar va tuman ta’lim bo‘limlariga nashrlarning ilk to‘plami topshirildi va ma’rifat karvoni viloyonning barcha hududlariga yo‘l oldi. Jami 967 ta maktabga 1774 ta kitob-albom yetkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashabbus o‘quvchilarda yetakchilik, mas’uliyat, vatanparvarlik va keng fikrlash kabi fazilatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Kitob-albomlar “Kelajak soatlari”, kutubxonalar fondi va turli ma’rifiy tadbirlarda qo‘shimcha manba sifatida foydalaniladi.

Mazkur karvon ta’lim muassasalariga yangi bilim, motivatsiya va ma’naviy o‘sish imkonini olib kirishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Raqamli avlod qizlari” saralandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Raqamli avlod qizlari”...

Muammoga yechim bor

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan psixologlar uchun navbatdagi...

Aholi tashabbusi ila…

Mamlakatimizda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi, ayniqsa imkoniyati cheklangan fuqarolar...

Reja asosida…

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Angor tumanida qator loyihalar amalga...
KunTun
KunTun