Iqtidorlar e’tirof etildi

Date:

Surxondaryoda asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichi yakunlanib, Termiz shahridagi 26-maktabda g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu yilgi olimpiadada 9-, 10- va 11-sinf o‘quvchilaridan iborat 2 ming 480 nafar ishtirokchi 15 ta fan bo‘yicha bellashdi. Natijada ,135 nafar iqtidorli o‘quvchi sovrinli o‘rinlarni egallab, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ularning har biri o‘zining bilimga bo‘lgan ishtiyoqi, tinimsiz mehnati va qat’iyati bilan viloyatimiz faxriga aylandi.

G‘oliblarga mukofotlar topshirildi.

Tadbirda muhim yangilik ham e’lon qilindi: respublika bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan surxondaryolik o‘quvchilar qo‘shimcha yirik mukofotlar bilan rag‘batlantiriladi — 1-o‘rin uchun 30, 2-o‘rin uchun 20, 3-o‘rin uchun 10 million so‘m.

Bu tashabbus yoshlarimizning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yangi marralarni zabt etishga undash va ularning salohiyatini keng namoyon etishga xizmat qiladi. Surxondaryolik iqtidorli yoshlarning bugungi yutuqlari — ertangi kunning katta muvaffaqiyatlari sari qo‘yilgan ishonchli qadamlardir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Situatsion markaz qurilishiga start berildi

Kunchiqish mamlakatiga amalga oshirilgan tashrif va delegatsiyalar bilan o‘tkazilgan...

Eski obyekt zamonaviy ko‘rinishda

Termiz tumani tibbiyot birlashmasining Yangiariq filiali hududidagi yana bir...

42 ta xonadon foydalanishga topshirildi

Aholini sifatli turar joy bilan ta’minlash dasturi doirasida o‘tgan...

Qamrov oshadi

O‘tgan yillar davomida davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda farzandlarimizning ilm...
KunTun
KunTun